Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq
ta'limi bo'limi tomonidan o'tkazilgan ko'rik tanlov shunday nomlandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi "O'quvchilarni
psixologik-pedagogik qo'llab quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish
to'g'risida”gi 577-sonli qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek xalq ta'limi
tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan amaliyotchi psixologlar orasida
ilg'or, tashabbuskor, ijodkor, fidoiy, kompetentli, ishbilarmon kadrlarni
aniqlash va ularni qullab-quvvatlash, maktab amaliyotchi psixologlarning
faoliyat yuritishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bo'lib
o'tgan ko'rik tanlovda tumandagi barcha umumta'lim maktablari amaliyotchi
psixologlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarning har bir taqdimoti hakamlar hay'ati tomonidan baholab
borildi. Natijalarga ko'ra 15-umumta'lim maktabining amaliyotchi psixologi
Malohat Toshmurodova 1-o'ringa loyiq deb topildi. Shuningdek, 1-umumta'lim
maktabi amaliyotchi psixologi Yulduz Umarqulova 2-o'rinni egallagan bo'lsa,
2-umumta'lim maktabi amaliyotchi psixologi Mashhura A'zamova 3-o'ringa loyiq
topildi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar bir qator nominasiyalar bilan ham taqdirlanishdi.
Xususan, "Eng yaxshi taqdimot” nominasiyasiga 5-umumta'lim maktabi amaliyotchi
psixologi Shaxnoza Samandarova, "Eng yaxshi psixologik xizmat ko'rsatish
xonasi” nominasiyasiga 23-umumta'lim maktabi amaliyotchi psixologi Bibirajab
Bozorova hamda "Eng yaxshi innovasion xona” nominasiyasiga 29-umumta'lim
maktabi amaliyotchi psixologi Xurshid Hikmatovlar sazovor bo'lishdi.
Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00