Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 

3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni”

  • 05.12.2018, 16:47,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Tadbirlar
  • 1
  • 3-dekabr  “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” 3-dekabr  “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni”
           Beg'ubor osmon ostida tinch va osuda hayot kechirayapmiz. Qornimiz to'q, ustimiz but eng muhimi etti muchamiz sog'. Lekin ba'zi paytlarda arzimas sabablarni vaj qilib fig'onimiz falakka chiqadi, o'sha damda yuragimiz urib turganiga, oyog'imiz yurib turganiga shukr qilishni yoddan chiqaramiz.
    Oramizda shunday insonlar borki jismoniy imkoniyati cheklangan bo'lsada ko'p ishlarni amalga oshirishga qodir. Xususan, tumanimizda istiqomat qilayotgan jismoniy imkoniyati cheklangan hamda psixik rivojlanishida orqada qolgan fuqarolarimiz istiqomat qilishadi.
    Yaqinda tumanimizdagi "Lola” to'yxonasida 3-dekabr "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bir guruh nogironligi mavjud fuqarolarimizga hamda tuman Xalq ta'limi bo'limi tassarrufidagi umumta'lim maktablarida uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan 43 nafar o'quvchilar ishtirokida "Siz hamisha e'tiborimizdasiz!” nomli tadbir bo'lib o'tdi. 
          Tuman hokimligi, tuman Xalq ta'limi bo'limi, Xalq Demokratik partiyasi tuman Kengashi hamda tuman "Qizil yarim oy jamiyati” hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda tuman hokimi L.Obloqulov ishtirok etdi hamda tadbir qatnashchilariga o'zining esdalik sovg'alarini topshirdi.
    Tadbirda tuman Xalq ta'limi bo'limi mudiri so'zga chiqib: -Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan hamda uzoq davolanishga muhtoj fuqarolarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni qo'llab-quvvatlash, o'quvchilarni esa jamiyatga moslashuvini engillashtirish, olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish bizning asosiy maqsadimizdir,-deya alohida ta'kidlab o'tdi.
          Tuman "Barkamol avlod” bolalar markazining "Ertaklar yaxshilikka etaklar” nomli qo'g'irchoqlar teatri ko'rinishi hamda 11-sonli Musiqa va san'at maktabi o'quvchilarining ashula va raqslari bolajonlarga quvonch ulashdi.
    -Farzandim tumandagi 5-umumta'lim maktabida 4-sinfda uyda yakka tartibda ta'lim oladi,-deydi Lola Sirojovaning onasi Bugun qizim qo'g'irchoqlar ishtirokidagi sahna ko'rinishlarini tomosha qilib, ko'p taasurotlar bilan uyga qaytmoqda. Shu o'rinda farzandim kabi bolalarni bir dasturxon atrofiga jam qilib, ularga quvonch ulashgan hamkor tashkilotlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Madaniyat ishlari bo'limining diltortar kuy va ashulalari davraga fayz kiritdi. 
     
    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Izoh qoldirish
  • Akeksei
  • 04-01-2019, 21:25
  • : 21:25
    • Нравится
    • 0
___123___3-dekabr “Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” » Навбахор туман халк таълими бўлими___123___ . InterpultStudio
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH