Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 

Navoiy viloyati Navbahor tumani XTB ga qarashli 17 – umumiy o'rta ta'lim maktabida kimyo, biologiya, fizika, jismoniy tarbiya fanlaridan o'tkazilgan “ Beminnat tabiat - chekmasin aziyat” deb nomlangan o'quv seminari bo'lib o'tdi

  • 27.03.2018, 18:07,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Fan va ta'lim
  • 0
  • 17- umumiy o'rta ta'lim maktabida 2018 yil 27 mart kuni tuman miqyosidagi amaliy seminar o'tkazildi. Ushbu seminarda bir nechta ochiq darslar hamda tadbir tashkil etildi.Seminarga tuman XTB dan metodistlar, maktablardan biologiya, kimyo, fizika va jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari ishtirok etdilar. Ochiq darslar innovasion metodlar, ilg'or ped texnologiyalar asosida zamon talablariga mos ravishda o'tkazildi. Darslarda AKT, internet ma'lumotlaridan, elektron darsliklar va mulьtimediyali ilovalardan foydalanildi. Ochiq darslar quyidagi fanlardan tashkil etildi: 
    1.Biologiya fani o'qituvchisi Imomova Gulnoz 8 -A " sinfda 
     2. Biologiya fani o'qituvchisi Qurbonova Feruza 6 –" A”sinfda 
    3.Kimyo fani o'qituvchisi Nurmatova Mashhura 7 –"B” sinfda 
    4. Kimyo fai o'qituvchisi Ravshanov Zafar 10-" B” sinfda 
    5. Fizika fani o'qituvchisi Qosimova Dilso'z 9- "B” sinfda 
    6. Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Qosimov Aziz 8-"B” sinfda 
    7. Jismoniy tarbiya fan o'qituvchisi Majidov Jamshid 6-"A” sinfda ochiq darslarni zamon talablariga mos ravishda namunali tashkil etib berdilar. 
    Ochiq darslardan so'ng " Tabiatim – ne'matim” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Yosh biologlar” va " Kimyogarlar guruhi” ishtirok etib to'rtta shart bo'yicha bellashdilar .
    1 shart: Xotira mashqi.Har ikkala guruhga yuqoridagi fanlarga doir 10 tadan so'zlar o'qib beriladi. Guruh qatnashchilari esa so'zlarni takrorlaydilar.Qaysi guruh ko'p so'zni takrorlasa o'sha guruh g'olib bo'ladi.
    2 shart: Tezkor savol-javob. 
    3 shart: Bu qanday sharbat o'yini. O'quvchilarga meva sharbatlari quyib beriladi. Ko'zlari bog'langan holda o'quvchilar qaysi meva sharbati ekanligini ichib ko'rib aytishadi. 
    4 shart: Atamalar bahsi, bu shartda har ikkala guruh mahalliy dorivor o'simlik va mahalliy qushlar nomini aytish bo'yicha bellashadilar. 

    Bellashuvdan so'ng seminar qatnashchilariga maktab badiiy havaskorlik tugaragi ishtirokchilari o'zlarining she'r va qushiqlarini namoyish etdilar.Seminar yakunida tuman maktablaridan kelgan o'qituvchilar, tabiiy fan va jismoniy tarbiya fani metodistlari o'zlarining fikrlarini bildirdilar.
    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH