Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 

Xalq ta'limi vazirligida aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablari faoliyatini samarali tashkil etishga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

  • 09.02.2018, 15:19,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Tadbirlar
  • 0
  •    Vazirlik rahbariyati, tegishli boshqarma boshliqlari Respublika ta'lim markazi, A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mutasaddilari ishtirok etgan tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmalari, 200 ta tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limi mudirlari, 3000 nafar metodist, mazkur fanlar bo'yicha belgilangan 802 ta tayanch maktablari direktorlari joylardan turib, to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etdilar.
        Majlisni Xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov olib borib, aniq, tabiiy, gumanitar, filologiya fanlaridan tayanch maktablari faoliyatini tashkil etish borasida tizimda olib borilayotgan ishlar, ta'lim sifati va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan galdagi muhim vazifalar haqida gapirdi. Ta'kidlanganidek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning hududlarga tashrifi davomida ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Umumta'lim maktablari o'qituvchilarining metod kunlari doirasida muntazam amaliy-metodik yordam ko'rsatish tizimini yo'lga qo'yish, o'qitishning ilg'or uslublarini dars jarayonlariga tatbiq etish, aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlari o'qituvchilari uchun doimiy harakatdagi o'quv-seminarlar o'tkazib borishni tashkil etish bugunning dolzarb masalalaridan biri ekani ta'kidlanmoqda.
       Ta'lim tizimi boshqaruv idoralari mutasaddilari bilan kelishilgan holda shijoatli, tashabbuskor rahbar boshqarayotgan, ijodiy, izlanuvchan, zamonaviy metodlardan foydalanayotgan pedagogik jamoasi mavjud bo'lgan ta'lim muassasalari orasidan aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlari yo'nalishi bo'yicha har bir tuman va shaharda bittadan, jami 802 ta ta'lim muassasasi tayanch maktabi sifatida belgilandi.
    — Tayanch maktab — tumanda o'zining pedagogik salohiyati, moddiy-texnika negizi mustahkamligi, obodligi, ozodaligi va eng asosiysi, rahbarining izlanuvchanligi bilan boshqalarga namuna bo'layotgan ta'lim muassasidir. Tayanch maktabining asosiy vazifasi unda faoliyat yuritayotgan ilg'or, tajribali fan o'qituvchisining ta'lim yangiliklarini mashg'ulotga samarali tatbiq etishi, bilim, malaka va kasbiy mahorat yuzasidan tumandagi boshqa o'qituvchilarga ibrat bo'lishidir. Mazkur muassasalarda fan yo'nalishlari bo'yicha bir oyda ikki marotaba o'quv-seminar va trening mashg'ulotlari tashkil etish orqali o'qituvchilarning uzluksiz malakasi oshirib boriladi, — dedi U.Inoyatov.
       Yig'ilishda joylarda tayanch maktablarini tashkil etish, ularning maqsad va vazifasi, faoliyatida samaradorlikka erishish omillari, tayanch muassasalarga metodik yordam ko'rsatish masalalari muhokama qilindi.
      Tayanch maktablariga metodik xizmat ko'rsatishni tashkil etish samaradorligini oshirish maqsadida A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan respublikaning barcha hududlarida tayanch maktablari o'qituvchilari uchun maqsadli sayyor o'quv kurslari tashkil etish rejalashtirilgan. Hozirda institutning masofadan o'qitish portalida 4 ta yo'nalish bo'yicha maxsus mustaqil o'quv muhiti tashkil etildi. Endilikda tayanch maktab o'qituvchilari Respublika ta'lim markazi tomonidan tayanch maktablar uchun ishlab chiqilgan o'quv materiallari asosida kurs materiallari, o'z-o'zini sinovdan o'tkazish nazorat ishlari va boshqa zaruriy ma'lumotlarni innovasiya.masofa.uzportalidan olishi mumkin. Shuningdek, telegram tarmog'ida ochilgan qator guruhlar orqali o'qituvchilarning ta'limiy yangiliklardan xabardor bo'lish imkoniyati yaratildi.

    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH