Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 

10-11-sinf o'quvchilariga kasbiy ta`lim berishga ixtisoslashgan o'quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi

  • 26.10.2017, 17:01,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Ta'lim
  • 0
  • 10-11-sinf o'quvchilariga kasbiy ta`lim berishga ixtisoslashgan o'quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Umumiy o'rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinflari o'quvchilariga kasbiy ta`lim berishga ixtisoslashgan o'quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi №868-sonli qarori 24 oktabr kuni qabul qilindi.

    Qaror umumiy o'rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinflari o'quvchilari ta`lim olish bilan birgalikda ularga kasb-hunar o'rgatish, o'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta`limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo'yicha mehnat faoliyati bilan shug'ullanishlariga shart sharoitlar yaratish, o'quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta`minlash maqsadida qabul qilingan.

    Umumiy o'rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinflari o'quvchilari uchun kasbiy ta`limni tashkil etish to'g'risidagi nizom, o'quv-ishlab chiqarish majmualarini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar ro'yxati, ular bilan ta`minlash dasturi, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik o'quv xonasini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar ro'yxati, o'quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlangan.

    O'quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash2018–2020 yillarda o'quv-ishlab chiqarish majmualarini zarur jihozlar bilan ta`minlash dasturida nazarda tutilgan paramentlarniamalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring yuritilishini va zarurat bo'lganda majmualarni jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib borilishi ta`minlaydi.

    Bitiruvchilarga umumiy o'rta ta`lim muasasasini tugatganlik to'g'risidagi shahodatnoma bilan bilan birga majmuada o'rnatilgan kasblar bo'yicha diplom beriladi.

    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH