Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 

"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" aniqlandi

  • 03.07.2017, 15:07,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Viloyat yangiliklari
  • Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o'quv-metodika Markazida 2017 yil 30 iyun kuni maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o'rtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2017” ko'rik-tanlovining respublika bosqichi o'tkazildi.
    Tanlovdan ko'zlangan asosiy maqsad maktabgacha ta'lim muassasalaridan ilg'or, ijodkor, tashabusskor tarbiyachilarni aniqlash, ularning ijodiy faolligini oshirish, yosh avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalashga munosib hissa qo'shayotgan, ta'lim-tarbiya jarayonida innovasion texnologiyalardan unumli foydalanib, samarali natijalarga erishayotgan tarbiyachilarning ish tajribalarini ommalashtirish, qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishdan iborat.
    Joriy yildan ilk marotaba tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'rta maxsus ma'lumotli tarbiyachilarga tegishli oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat granti asosida o'qishga qabul qilish yo'llanmasi berildi.
    Ko'rik-tanlov 4 bosqichda o'tkazilib, Qorakalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bo'yicha g'olib bo'lgan 14 nafar maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyachilari Respublika bosqichida ishtirok etishdi.
    Tanlovda ishtirok etgan tarbiyachilarning bilim va iste'dodi 3 ta shart bo'yicha sinovdan o'tkazildi. Test sinovi, o'z mutaxassisliklariga oid savol-javob va ochiq mashg'ulot olib borish kabi shartlar hakamlar hay'ati tomonidan baholab borildi.
    Yakuniy natijalarga ko'ra Navoiy viloyati Karmana tumani 6-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Nodira Ochilova "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2017” ko'rik-tanlovi g'olibiga aylandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxtako'pir tumani 3-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Genjegul Toremuratova 2-o'ringa, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi Maftuna Boboeva 3-o'ringa loyiq deb topildi.
    Tanlov g'olib va ishtirokchilari Xalq ta'limi vazirligining diplom va esdalik sovg'alari hamda Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
     
    uzedu.uz
    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH