Авторизация Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.
 

"Yilning eng yaxshi chet tili fan o'qituvchisi-2017"

  • 03.07.2017, 14:58,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Viloyat yangiliklari
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1875-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi 67-sonli "Umumta'lim muassasalari chet tillari o'qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida xalq ta'limi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim muassasalari chet tili o'qituvchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega, ilg'or, tashabbuskor va ijodkor o'qituvchilarni aniqlash, kasbiy mahoratining ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish, aniqlangan ilg'or ish tajribalarni ommalashtirish hamda Xalq ta'limi vazirligining 2017 yil 29 maydagi 183-sonli, xalq ta'limi boshqarmasining 2017 yil 31 maydagi 149-sonli buyruqlari asosida "Yilning eng yaxshi chet tili o'qituvchisi”ko'rik-tanlovi tashkil etildi.
    Tanlovning birinchi shartiga ko'ra ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan 2017 yil 5 iyundan 15 iyunga qadar ixtiyoriy ravishda bestteacher@xtv.uz elektron manziliga "What are the essential ingredients for effective teaching and effective learning?” mavzusida 200-250 ta so'zdan iborat "Esse” "Essay” yuborishlari belgilab berilgan. Yoziladigan "Esse” materiallari elektron shaklda Times New Roman 14 shrift, A4 formatda, yuqori va past qismlari 2,5 sm, chapdan 3 sm, o'ngdan 1 sm joy qoldirgan holda satrlar oralig'i 1,5 intervalda yuborilishi lozim. Muallifning to'liq ismi sharifi, ish joyi va lavozimi, telefon raqalari, unvonlari (bo'lsa) matn ostida to'liq kiritilishi shart.
    Taqdim qilingan "Esse”lar iyun oyining uchinchi o'n kunligida Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga ko'ra ishtirokchilar orasida 75% va undan yuqori ball to'plagan talabgorlar ikkinchi viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
    Ko'rik-tanlovning birinchi bosqichi uchun ishtirokchilar murojaatlarini tashkil etish mas'uliyati tuman, shahar xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limlari zimmasiga yuklatiladi.
    Ikkinchi bosqichga o'tgan ishtirokchilar 2017 yil 1 iyul sanasiga qadar, dars ishlanmasi-Lesson plan va videodars- videolesson (15-20 daqiqalik videodarslari tushirilgan disk)ni xalq ta'limi boshqarmasida tashkil etilgan tashkiliy qo'mitaga taqdim etadilar. Bu jarayon mutaxassislar tomonidan 2017 yil 10 iyulь sanasiga qadar saralanib, unda 40 va undan yuqori ball to'plagan ishtirokchilar orasidan viloyat bo'yicha 1-5 o'rinlarni egallagan ishtirokchilar uchinchi bosqichga yo'llanma oladilar. Ikkinchi bosqich natijalari bo'yicha barcha materiallar qog'oz va elektron shaklda boshqarmaning mas'ullari tomonidan Respublika tashkiliy qo'mitasiga joriy yilning 15 iyulь sanasiga qadar taqdim etiladi.
    Ko'rik-tanlovning uchinchi bosqichi 2017 yil 4-20 sentyabr oralig'ida o'tkazilib, ishtirokchilar Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o'tkaziladigan APTIS test sinovlarida ishtirok etadilar.
    APTIS test sinovlariga tayyorgarlik ko'rish uchun internet orqali http//www.britishcouncil.org/aptis/preparation-material murojaat qilish maqsadga muvofiq.
    Viloyatdagi barcha ingliz tili fani o'qituvchilarini mazkur ko'rik-tanlovda ishtirok etishlarini tavsiya etgan holda barchangizga omad yor bo'lishini tilab qolamiz!
    VXTB chet tillari metodisti
    SAG'DULLAEVA GULMIRA MURODILLAEVNA
    скачать dle 10.6фильмы бесплатно
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH