dle , HD .
 

Kitobxonlik bayrami

  • 03.07.2017, 14:52,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Viloyat yangiliklari
  • "Kitob insonning eng yaqin dosti va maslahatchisi, aqlning chirogi va bilim manbaidir. "Kitob fikrlash quroli, xazina va tafakkur kaliti, aql qayrogi. "Kitob nonday aziz, motabar va muqaddasdir. Ushbu tariflarning zamirida kitobning inson hayotidagi orni va ahamiyati haqidagi bebaho fikrlar bayon etilgan. Yurtimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini, demakki, manaviyatini oshirish masalasi doimo diqqat markazida bolgan. Ozbekiston   Respublikasi Prezidentining "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targibot qilish boyicha komissiya tuzish togrisidagi farmoyishi ushbu masalaga yurtimizdagi hur fikrli insonlarning yanada etiborli bolishga chaqirdi. Ozida ezgu maqsadlarni mujassam etgan mazkur muhim farmoyishda belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida viloyatimizda koplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholi, shu jumladan, yosh avlod ishtirokida festivallar, davra suhbatlari, seminarlar muntazam tashkil etilmoqda. Yaqinda Abdulla Qodiriy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida otkazilgan kitob festivali tashkil etildi. Bir qator hamkor tashkilotlar ishtirokida bir necha kun davom etgan mazkur kitob bayramining   ishtirokchilari asosan yoshlar boldi. Tadbir avvalida viloyatdagi talim muassasalari axborot-resurs markazlari tomonidan badiiy kitoblar korgazmasi namoyish qilindi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan kitob savdosi ham tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida soz olgan viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligi J. Umrzoqov, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bolimi rahbari B. Sadriddinov, Ozbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bolimi rahbari Yo. Umarov, filologiya fanlari doktori, professor A. Xolmurodov, shuningdek, viloyatdagi taniqli ijodkorlar kitobxonlik madaniyatini oshirish  manaviyatni yuksaltirish omili ekanligi xususida sozladilar. Abdulla Qodiriy nomidagi AKM faollar zalida bolib otgan davra suhbatida viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari, taniqli ijodkorlar, axborot-resurs markazlari xodimlari yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi. Kitob bayramining keyingi kunlarida viloyatdagi yosh ijodkorlar ishtirokida davra suhbatlari, adabiyotshunos olimlar va taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
    Tan olish kerak, bugungi kun yoshlarining barchasi badiiy kitob oqiydi, deya olmaymiz. Talim dargohlarida, tuman, viloyat markazlarida axborot-resurs markazlari borligiga, zamonaviy kitob dokonlari faoliyat korsatayotganligiga qaramay kopgina yoshlarimiz internet, telefon va boshqa chalgituvchi omillar sabab kitob oqishga unchalik qiziqishmaydi. Shu orinda aytish joizki, yosh avlod qalbida kitobga mehr uygotishga bir-ikki tadbir orqali erishib bolmaydi. Buning uchun izchil, uzluksiz targibot ishlarini olib borishimiz kerak, deydi viloyat matbuot va axborot boshqarmasi boshligi Jahongir Umrzoqov. Targibot-tashviqot ishlarini, avvalo maktabdan boshlashimiz, viloyat xalq talimi boshqarmasi bilan hamkorlikni kuchaytirgan holda "Eng faol kitobxon sinf, "Eng faol kitobxon oquvchi kabi tanlovlarni koproq otkazishimiz maqsadga muvofiq deb oylayman. Chunki oquvchi maktabda oqib yurgan davridayoq kitobga mehr qoysa, ushbu manolar xazinasi kelajakda uning bir umrlik yoldoshi, maslahatgoyi va dostiga aylanadi.
    Kitob bayramining songida eng faol kitobxon yoshlarga hamkor tashkilotlarning maxsus diplomlari va qimmatbaho esdalik sovgalari topshirildi. dle 10.6
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH