dle , HD .
 

Trener-oqituvchilar tayyorlanmoqda

  • 02.06.2017, 17:17,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Ta'lim
  • Yaqinda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Umumiy orta talim togrisidagi nizomni tasdiqlash haqida hamda "Umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar talimining davlat talim standartlarini tasdiqlash togrisidagi qarorlar umumtalim tizimi istiqbolida muhim ahamiyatga ega. 2017-2018 oquv yilidan boshlab mazkur qarorlar talablari bajarilishiga kirishiladi. Abdulla Avloniy nomidagi xalq talimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy institutida talim tizimi xodimlariga ushbu huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida oquv kurslari tashkil etildi.

    Oquv kursining ochilishiga bagishlangan tadbirda Xalq talimi vaziri U.Inoyatov sozga chiqib, mamlakatimizda talim-tarbiya sohasini takomillashtirish ishlari yangi bosqichga chiqqani, bu borada keng kolamli ishlar olib borilayotganiga toxtaldi. Tadbir davomida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS maqsadi, vazifalari, asosiy prinsiplari, tarkibiy qismlari, joriy etish va nazorat qilish tartibi, tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning mazmun-mohiyati, ularning tanlanishiga oid maruzalar tinglandi.

    Umumiy orta talimning davlat talim standartlari va oquv dasturlarini amaliyotga samarali joriy etishga bagishlangan kaskad usulidagi maqsadli oquv kurslari shu yilning 29 may-1 iyun kunlari olib borilib, bunda 20 ta umumtalim fani boyicha Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 2 nafardan jami 588 nafar eng ilgor pedagog-oqituvchilar trenerlikka tayyorlanadi.

    Trener-oqituvchilar hududiy XTXQTMOIda yoki tayanch maktablarda tuman(shahar)lardagi 1 nafar metodist, 2 nafar oqituvchiga, ular hududidagi umumtalim muassasalarining metodbirlashma rahbarlari va 2 nafar faol oqituvchisiga yangiliklarni tahliliy asosda yetkazadi, deydi Respublika talim markazi bosh metodisti Narziqul Turdiyev. Shu tariqa respublikamizdagi barcha umumtalim muassasasida faoliyat yuritayotgan oqituvchilar yangi DTS va oquv dasturlarining mazmun-mohiyati hamda 2017-2018 oquv yilida joriy etiladigan yangiliklardan xabardor boladi.

    Maqsadli oquv kurslari davomida oquvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yonaltirilgan talim texnologiyalari, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan oquv dasturlariga kiritilgan ozgarishlar va u asosida taqvim-mavzu rejalar tuzish kabi yonalishlarda mashgulotlar olib borilmoqda.
     
    Manbaa: uzedu.uz
    dle 10.6
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH