dle , HD .
 

Oromgohlar bolajonlarni kutmoqda

  • 26.05.2017, 19:37,
  • Muallif: admin,
  • Bo'lim: Ta'lim
  • Bugun maktab oquvchilarining quvonchi cheksiz. Endilikda ular entikib kutgan yozgi tatil boshlanadi. Ayni vaqtda viloyat hokimligi, viloyat xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan yozgi oromgohlar faoliyatini tashkil qilish yuzasidan amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli "Sarmish oromgohida ham joriy yilda 2112 nafar bola dam olishi kozda tutilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari ham jalb etilib, oromgohda soglomlashtiriladi. Ha, viloyatimizda bolalar oromgohlarini yozgi dam olish mavsumiga tayyorlash jarayonida soglomlashtirish maskanlari faoliyatini yanada yaxshilash, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, dam olishga, eng avvalo, kam taminlangan, kop bolali oila farzandlarini, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini jalb etishga alohida etibor qaratilgan.
    Oromgohda mavsumni yuqori saviyada tashkil etish uchun Navoiy kon boshqarmasi kasaba uyushmasi boshchiligida  tegishli tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar rejasi ishlab chiqildi, deydi oromgoh direktori Mahbuba Umarova. Viloyat sogliqni saqlash, viloyat madaniyat boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, "Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati viloyat Kengashi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar bilan mavsumda tibbiy, madaniy xizmat korsatish, jamoat tartibi va xavfsizligini taminlash kabi masalalarga oid chora-tadbirlar belgilangan. Turli sport musobaqalari, manaviy-marifiy tadbirlar bolalarning maroqli dam olishini taminlaydi. Bundan tashqari, viloyatimizdagi shoir va yozuvchilar, sanatkorlar va sportchilar ishtirokida suhbat, uchrashuv va konsertlar otkaziladi.
    Darhaqiqat, otgan yili ham oromgohda bolalarning yashashi, ovqatlanishi, va dam olishi boyicha sanitariya-gigiyena talablari, transport xizmati xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar, yongin xavfsizligi boyicha profilaktik choralar korilganligi bois mavsum davomida kongilsiz hodisalar uchramadi. Bu yil esa mavsum har yilgidan-da mazmunli otishi kutilmoqda.
    Buning uchun 41 nafar guruh tarbiyachisi, 20 nafar yetakchi, 4 nafar togarak rahbari, 3 nafar suzish boyicha yoriqchi hamda 2 nafar jismoniy tarbiya boyicha yoriqchi jalb etilgan. Shuni ham aytish kerakki, joriy yilgi kokalamzorlashtirish va obodonlashtirish oyligida oromgoh hovlisiga 50 tup mevali daraxt va 7 ming tup gul kochati otqazildi. Mazkur bog kop yillar mobaynida bolalarning yozgi tatili maroqli otishiga xizmat qiladi. 1961-yil tashkil etilgan "Sarmish oromgohining umumiy maydoni 18 gektar bolib, bu yerda mavsum davomida 250 nafar xodim faoliyat olib boradi. Hech ikkilanmay ayta olamizki, yozgi tatil bolajonlar uchun maroqli otadi.     
    manbaa: navxtb.uz
    dle 10.6
Izoh qoldirish
Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH