Авторизация
 

Bo'lim haqida

UMUMIY MA'LUMOT
Muassasaning rasmiy nomi: O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Navoiy viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Navbahor tumani xalq ta'limi mussasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bo'limi.
Muassasaning manzili: Navoiy viloyati Navbahor tumani Beshrabot qishloq fuqarolar yig'ini.
Muassasa tashkil etilgan yil: 1990 yil
Tarkibidagi ta'lim muassasalar:
Bo'limning asosiy vazifalari va faoliyat yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tizimini rivojlantirishga yo'naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, pedagogik kadrlar, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta'lim standartlari(talablari)ga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;
maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya ishlarini metodik ta'minlashni tashkil etish, o'quv-tarbiya jarayoniga o'qitishning zamonaviy va ilg'or shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etishni ta'minlaydi;
ta'lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan o'quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanishni ta'minlaydi;
o'quvchilarning kasbga yo'naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o'smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etadi;
bolalar sportini rivojlantirish va o'quvchi-yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarida jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug'ullanishga ommaviy jalb etadi;
bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim tizimini takomillashtirish, o'sib kelayotgan yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ular orasida iste'dodlarni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarning milliy va jahon san'atining yuksak namunalaridan keng baxramand bo'lishi yuzasidan zarur shart-sharoitlar yaratadi;
o'quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yuqori darajadagi ma'naviy-ma'rifiy tarbiya berish, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga yo'naltirilgan, milliy mustaqillik g'oyalari singdirilgan, Vatani va o'z xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiyani amalga oshiradi;
tarkibidagi bo'linmalar va tasarrufidagi ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning natijalari bo'yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam ko'rsatadi.
 
 
 

           Boshqa ma'lumotlar


скачать софт
Качественные шаблоны для dle скачать бесплатно, а также вы сможете посмотреть кино онлайн в HD качестве и прочитать для себя новые кулинарные рецепты.

Bizning manzil

Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Beshrabod qo'rg'oni.
Pochta indeksi: 210200
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba.
Fuqarolar qabuli: 10:00 - 17:00
Biz bilan bog'lanish

Aloqa raqami: (0436) 562-11-50
Faks: (0436) 562-12-73
Ishonch raqami: (0436) 562-12-73
E-mail: navbaxor_txtb@xtv.uz
Veb saytga ma'sul: A.Azamov
Murojaat tartibi
Murojaat yuborish
Obuna bo'lish

Veb-sayt so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lish uchun quyidagi ko'rsatilgan qatorga amaldagi elektron manzilingizni kiriting.
Ma'lumotnoma

Diqqat! Agar siz saytda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab Ctrl+Enter tugmalarini bosing.

Veb sayt ishlanmasi:
GADAEV YIGITALI NURALIEVICH