Navbahor tumanida Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, kasallanish darajasi, shu jumladan yurak xastaligini kamaytirish, aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida "SOG‘LOM HAYOT SARI QADAM TASHLA" shiori ostida 2020 yil 17 sentyabr kuni Navbahor tuman hokimligi, tuman Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi, Navbahor tuman xalq ta’limi bo’limi, Navbavor tuman BO‘SM hamkorlikda Navbahor tuman Markaziy o‘yingohida aholining barcha qatlami o‘rtasida yurish musobaqasi, shaxmat, karate, armrestling hamda mini futbol musobaqalari o‘kazildi. Navbahor tumani Navbahor mahalla fuqarolar yig‘nida joylashgan sun'iy qoplamali futbol maydonida esa aholi o‘tasida gimnastrada va futbol sport musobaqalari o‘tkazildi.